Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tolibon» va Afg‘oniston hukumati muzokaralari Samarqandda o‘tkazilishi mumkin

«Tolibon» va Afg‘oniston hukumati muzokaralari Samarqandda o‘tkazilishi mumkin

«Tolibon» va Afg‘oniston hukumati muzokaralari Samarqandda o‘tkazilishi mumkin. O‘zAning yozishicha, bu boradagi O‘zbekiston taklifi 31-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov hamda tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasining Afg‘onistonga amaliy tashrifi chog‘ida bildirilgan.

«O‘zbekiston delegatsiyasining Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani bilan Qobul shahridagi uchrashuvi chog‘ida Afg‘oniston hukumati bilan «Tolibon» o‘rtasidagi muzokaralarni Samarqandda o‘tkazish taklifi bildirilgani mamlakatimiz tashqi siyosatida qo‘shni Afg‘onistonda tinchlikka erishishdagi sa’y-harakatlar o‘zgarmas va qat’iy ekanidan dalolat» deyiladi xabarda.

Ma’lumot o‘rnida, Afg‘onistonning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishi bo‘yicha hamkorlikning amaliy jihatlari bugun, 1 aprel kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Piter Burian va Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Roland Kobia bilan uchrashuv chog‘ida ham muhokama qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring