Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tom va Jerri bo‘yicha to‘liq metrajli film suratga olinadi

Tom va Jerri bo‘yicha to‘liq metrajli film suratga olinadi

Foto: «Korrespondent.net»

Rejissyor Tim Stori mashhur «Tom va Jerri» multseriali motivi asosida to‘liq metrajli film suratga olish bo‘yicha «Warner Bros.» kinostudiyasi bilan muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar berdi.

Ayni damda hamkorlik shartlari muhokama qilinmoqda. Ammo loyihaning boshqa tafsilotlari hozircha noma’lum.

Sichqon va doim uning ortidan quvuvchi mushuk haqidagi «Tom va Jerri» multseriali 1940 yilda animatorlar Uillyam Xanna va Jozef Barbera tomonidan ishlangan. Shou yettita «Oskar» mukofotiga ega bo‘lib, 1993 yilda to‘liq metrajli «Tom va Jerri: Film» kartinasi ham e’lon qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring