Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tomdi tumani «Suketti» ovulida telekanallar soni 23 tagacha ko‘paydi (video)

Bugungi kunga qadar Tomdi tumanidagi «Suketti» ovulida raqamli formatda Milliy teleradiokompaniyaning 12 ta va Xalq ta’lim vazirligining 3 ta onlayn-maktab telekanallari efirga berilayotgan edi.

Ushbu hududlarda nodavlat telekanallarning ham efirga berilishini va aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov «Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi» DUK Navoiy radioteleuzatish markazi bilan yaqindan tanishgandi.

AKT vaziri Sh.Sodiqov tashabbusi bilan ko‘p yillardan buyon «Langar» RTSdagi avtotransport muammosi ijobiy hal qilinib, Rossiyada ishlab chiqarilgan «YeNESEY» STM-1993055 rusumli maxsus ishlab-chiqarish texnologik transport vositasi xarid qilindi hamda «Langar» RTS ishchi-xodimlariga ushbu maxsus transport vositasi foydalanishga topshirildi.

Shuningdek, Sh. Sodiqov RTSning yosh xodimlari bilan suhbatlashib, RTSda o‘rnatilgan yangi zamonaviy raqamli teleuzatkichlarni ko‘zdan kechirib «Langar» RTS tomonidan uzatilayotgan raqamli telekanallar sonini ham ko‘paytirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish uchun aniq vazifalar belgilab berilgandi.

Qisqa vaqtda amalga oshirilgan ishlar natijasida Tomdi tumanining «Suketti» ovulida Nodavlat telekanallarining ham efirga uzatilishi ta’minlandi. Natijada telekanallar soni 23 taga ko‘paydi. Bundan tashqari 5 ta radio kanallar ham efirga uzatilmoqda.

«Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye» DUK, Axborot texnologiyalari va kommunikutsiyalarini rivojlantirish vazirligining Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi rahbar va xodimlari Tomdi tumanining «Suketti» ovuliga tashrif buyurib, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan aholi bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida «Suketti» ovulida yashayotgan Shoniyozovlar xonadoniga tashrif buyurilib, amalga oshirilgan ishlarning natijasi ham ko‘rildi.

Xonadon egalariga esdalik sovg‘alari ham berildi.

Shu bilan birga, Tomdi tumani Utemurat aholi yashash punktida ham shisha tolali kabel orqali raqamli teleuzatgichga yetkazilib, telekanallarning sifatli efirga berilishi yo‘lga qo‘yildi.

Ta’kidlanishicha, Navoiy radiotelevizion uzatish markaziga qarashli «Langar» RTS Nurota tog‘ tizmasining dengiz sathidan 2000 metr balandikdagi cho‘qqisida qurilgan. O‘zgarishlar natijasida viloyatlar hududida teledasturlar bilan qamrov doirasi kengaydi va rangli teleko‘rsatuvlar sifati yaxshilandi. «Langar» RTS baland tog‘ cho‘qqisida joylashganligi sababli nafaqat viloyat aholisini, balki Samarqand va Buxoro viloyatlari aholisining ham bir qismini raqamli teledasturlar bilan ta’minlamoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring