Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tonirovka masalasida ijobiy o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda

Tonirovka masalasida ijobiy o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda

Foto: «avito.ru»

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati G‘aniyev Doniyor Avazovich tonirovka narxini kamaytirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritdi.

Yoz kelib, kunlar isishi bilan tonirovka masalasi kun tartibiga chiqadi. Joylarda fuqarolar, yoshlar bilan uchrashuvlarda, ijtimoiy tarmoqlarda aynan tonirovka bo‘yicha juda ko‘plab murojaatlar bo‘ladi.

Shu murojaatlardan kelib chiqib, hamkasbim Bahrom Rahmonaliyev bilan tonirovka narxini pasaytirish yuzasidan 2-3 xil takliflar tayyorlab, Vazirlar Mahkamasiga kiritishdan avval Ichki ishlar vazirligiga takliflarimizga munosabat bildirishlarini so‘rab, deputatlik so‘rovi yuborgandik.

Bugun Ichki ishlar vazirligidan so‘rovimizga javob kelibdi. Yomon tomoni, har doimgidek so‘rovga aniq javob yo‘q, takliflarimizga hech qanday munosabat bildirilmagan.

Yaxshi tomoni, javobda aytilishicha, tonirovka narxini kamaytirish yuzasidan Prezident Adminstratsiyasi tomonidan qaror loyihasi ishlab chiqilgan va bu loyihaga Ichki ishlar vazirligi tomonidan tegishli takliflar bildirilgan.

Demak, yaqin orada tonirovka masalasi bo‘yicha ijobiy o‘zgarish bo‘ladiganga o‘xshaydi. Avtomobil oynalarini qoraytirishga doir cheklovlar butkul bekor qilinishini kutmasam-da, lekin tonirovka uchun belgilangan narxlar sezilarli miqdorda pasayadi, deb umid qilaman, — deydi deputat.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring