Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘rt yasharligida bir yashardek ko‘rinayotgan qizginaga yordam beraylik

To‘rt yasharligida bir yashardek ko‘rinayotgan qizginaga yordam beraylik

Foto: «Xabar.uz»

«Xabar.uz» tahririyatiga Xorazm viloyati Hazorasp tumani Pitnak qishlog‘i «Oxunboboyev» mahalasida istiqomat qiluvchi Sa’dullayeva Tozagul va Xalilov Mirzaakbar farzandlari Madinabonuning dardiga shifo istab, yordam so‘rab murojaat qilishdi. Bu oilaning 3 nafar farzandi bor, kam ta’minlangan oila hisoblanadi.

Foto: «Xabar.uz»

Oila ayni paytda farzandiga shifo izlab poytaxt shifoxonalarini aylanib yurishibdi. Shu muammoni hal qilish uchun ijarada yashashga, barcha qiyinchiliklarga chidashga majburlar. Biz ham Madinabonuni ko‘rishga bordik va juda murakkab vaziyatning ustidan chiqdik. Allaqachon 4 yoshga kirgan qiz hozirgi kunga kelib, 1 yoshli go‘dakka o‘xshaydi, u rivojlanishdan to‘xtab qolgan.

Foto: «Xabar.uz»

Qizaloqning jajji yuragini og‘ir dard qiynab turibdi, u murakkab operatsiyaga muhtoj. Shuningdek, unga buyrakdagi kasallik, kamqonlik va rivojlanishdan orqada qolish ham azob bermoqdaki, bir necha murakkab dardlar birlashib qizginani ham, unga kuyikayotgan ota-onasini ham saxovatli kishilardan yordam so‘rashga undamoqda.

Foto: «Xabar.uz»

— O‘zim vodiydanman. Birinchi ayolim vafot etganidan so‘ng bir necha yil o‘tib Tozagulga uylangan edim. Bir muddat Xorazmda ham yashadik. Uch qiz ko‘rdik. Ming afsuski, ikkinchi qizim ham bemor. O‘zim ustachilik qilaman, ayolim bolalar bilan ovora, hozir poytaxtga kelib qish kunlarida bir ish topish ham qiyin bo‘lib qoldi. Qolaversa, bolalarni tashlab uzoqqa ketolmayman. Agar saxovatli insonlar bizga ko‘mak bersalar, butun umr duo qilib o‘tardim, — deydi Mirzaakbar aka.

Foto: «Xabar.uz»

— Oxirgi paytlar qizimning ahvoli yanada og‘irlashdi, ishtahasi yo‘qoldi, burnidan sababsiz qon kela boshladi. Zudlik bilan operatsiya qilinmasa bo‘lmasligi tobora ayonlashmoqda. Ammo belgilangan operatsiya buyragidagi kasallik, kamqonlik tufayli ortga surilayapti. Bularning hammasini davolash juda og‘ir va ko‘p xarajat talab qiladi. Ona uchun bolang ko‘z o‘ngingda so‘lib borishidan og‘irroq azob bo‘lmas ekan, — deya yig‘laydi Tozagul Sa’dullayeva. 

Foto: «Xabar.uz»

Azizlar! Yurtimizdan saxovatli insonlar juda ko‘p. Ko‘pning bir misqoldan bergani ham tog‘dek bo‘lishi hech gap emas. Kimning imkoniyati bo‘lsa, bu oilaga qo‘ldan kelgancha yordam beraylik! Zero, kichik xayriya katta ezguliklar sababchisi bo‘ladi.

+998946650457 Xalilov Mirzaakbarjon

+998935740457 Sa’dullayeva Tozagul

«Xalq banki» plastik kartochkasi raqami:

Foto: «Xabar.uz»

8600-0604-4863-4882 Xalilov Mirzaakbarjon

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring