Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent-Buxoro tezyurar poyezdi harakat jadvaliga o‘zgartirish kiritildi

Toshkent-Buxoro tezyurar poyezdi harakat jadvaliga o‘zgartirish kiritildi

Foto:«Xabar.uz»

«O‘zbekiston temir yo‘llari» matbuot xizmatining xabar berishicha, Toshkent-Buxoro-Toshkent yo‘nalishida qatnovchi 10/9 sonli «ShARQ» tezyurar poyezdining harakat jadvaliga o‘zgartirish kiritildi. Mazkur poyezd 2018-2019-yillarda har haftaning olti kunida, ya’ni, dushanba (seyshanba kuni o‘rniga), chorshanba, payshanba, juma, shanba, yakshanba kunlari harakatini amalga oshiradi.

Bu borada qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahrida 1005 telefon raqamidan hamda joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

Avvalroq, Toshkent–Qo‘ng‘irot–Toshkent  poyezdi harakat jadvali o‘zgargani xabar qilingan edi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring