Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent havo muhitida zararli moddalar yig‘ildi

Toshkent havo muhitida zararli moddalar yig‘ildi

Foto: Xabar.uz

7 noyabr va 8 noyabr tongida Toshkent shahridagi meteorologik sharoitlar shaharning havo muhitida bir oz zararli moddalar yig‘ilishiga imkoniyat yaratdi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berib o‘tgan.

Statsionar postlarning kuzatuv ma’lumotlariga ko‘ra quyidagi tumanlarda havoning ifloslanishi bir martalik maksimal ruxsat etilgan me’yor (REM b.m.) dan ortgani qayd etilgan.

Azot dioksidi bo‘yicha:
Chilonzor tumanida REM b.m. dan yuqori 1 holat kuzatildi.

Boshqa tumanlarda olingan ma’lumotlar bo‘yicha zararli moddalar miqdori ruxsat etilgan me’yor (REM b.m.)dan yuqori bo‘lgani kuzatilmadi.

12 noyabr va 13 noyabr tongida Toshkent shahrining ob-havo sharoiti shahar havo muhitida zararli moddalarning saqlanib turishiga imkoniyat yaratadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring