Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent metro poyezdida nosozlik kuzatildi

Toshkent metro poyezdida nosozlik kuzatildi

Foto: «wikipedia.org»

2018-yil 6-dekabr kuni soat 18 dan 18 daqiqa o‘tganda Toshkent metrosining O‘zbekiston yo‘li «Mashinasozlar» bekatida birinchi yo‘l bo‘yicha harakatlanayotgan metro poyezdi eshiklarining ochilib yopilishidagi havo tizimida nosozlik kuzatilganligi bois mazkur harakat tarkibi depoga olib kirildi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» matbuot xizmati xabar berishicha, ushbu vaqt mobaynida boshqa metro poyezdlari Toshkent metro bekatidan aylantirilib harakat tashkil qilindi.

Nosozlik 15 daqiqada bartaraf etilib, mazkur yo‘nalishdagi metro poyezdlari belgilangan jadval asosida harakatini davom ettirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring