Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent osmoni uzra vertolyotlar parvozi davom etadi

Toshkent osmoni uzra vertolyotlar parvozi davom etadi

Foto: «Kun.uz»

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlar tashkil topganining 26 yilligi munosabati bilan bugun, 12-yanvar kuni Toshkent shahrida «Armiya va yoshlar» festivali o‘tkazilib, unda harbiy texnikalar ko‘rgazmasi tashkil etildi hamda 6 ta vertolyot pavroz qildi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining «Xalq so‘zi onlayn» nashriga xabar berishicha, ertaga, 13 -yanvar kuni ham Toshkent uzra yana vertolyotlar parvoz qiladi. Shuningdek, mamlakatning barcha hududlarida turli festivallar, aksiyalar, yugurish marafonlari, bayram dasturlari davom ettiriladi.

Eslatib o‘tish kerak, O‘zbekiston davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan 2017-yil 18-noyabr kuni milliy bayroq vertolyot yordamida Toshkent osmonini aylanib chiqqan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring