Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent propiskasini beradigan tashkilotlar soni yana bittaga ko‘paydi

Toshkent propiskasini beradigan tashkilotlar soni yana bittaga ko‘paydi

Hukumatning 2018-yil 3-maydagi qarori bilan Rahbarlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida xodimlarni doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritildi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Endilikda ro‘yxatga «O‘zagrosanoatxolding» aksiyadorlik jamiyati ham qo‘shildi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur ro‘yxat Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan bo‘lib hozirgi kunda unga jami 63 ta davlat organlari va tashkilotlari kiritilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring