Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xronometraj nima, u jarimaga tortadimi?

Xronometraj nima, u jarimaga tortadimi?

Foto: «Xabar.uz»

Savdo do‘konimiz yonida joylashgan oshxonaga soliq xodimlari kelib, xronometraj o‘tkazishdi. Xronometraj nima u, jarimaga tortadimi?

Doniyor Erkinov,
tadbirkor, Toshkent shahri

 


Soliq kodeksining 71-moddasiga asosan, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarda kunlik haqiqatda kelib tushadigan naqd pul tushumini aniqlash maqsadida xronometraj o‘tkaziladi. Masalan, soliq xizmati xodimlari savdo yoki xizmat ko‘rsatish shoxobchasiga kelib, tushum hisobini yuritish uchun ish kuni davomida o‘sha yerda bo‘ladilar.

Joriy yil sentyabr oyining 20 kuni davomida Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi tomonidan 494 ta xo‘jalik yurituvchi sub’yekt faoliyatida xronometraj tadbirlari o‘tkazilgan. Natijada mahalliy budjetga tushumlar miqdori kunlik o‘rtacha 554 mln. so‘mga oshirilishi ta’minlandi.

Shuningdek, xronometraj tadbirlari davomida xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarda 758 nafar fuqaro noqonuniy ravishda yollanib ishlayotgani aniqlangan. O‘z navbatida, ishchilar sonini o‘z hisobotlarida kamaytirib ko‘rsatgan korxonalarga belgilangan tartibda talabnomalar yuborilib, norasmiy yollanma xodim sifatida faoliyat yuritayotgan fuqarolarning barchasi ro‘yxatga olingan.


Xronometraj tadbirlari davomida mazkur xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga naqd pul tushumlarini yashirish holatlari bo‘yicha javobgarlik choralari qo‘llanilmadi.


Biroq!!!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-iyundagi «Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3802-sonli qarorlariga asosan, 2018-yilning 1- oktyabridan boshlab, davlat soliq xizmati organlari xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatida o‘tkazilgan xronometraj natijalariga ko‘ra oxirgi hisobot davri uchun tovar (ish, xizmat)lar realizatsiyasidan kamaytirib ko‘rsatilgan tushumni va xodimlar sonini qayta hisob-kitob qilgan holda soliqlarni hisoblashni amalga oshirish haqida talabnoma yuboradi, kamaytirib ko‘rsatish takroran aniqlanganda, ushbu harakatlar soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash sifatida malakalanadi.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasining
Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring