Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahar hokimligi vaqtinchalik tirbandliklar yuzasidan izoh berdi

Toshkent shahar hokimligi vaqtinchalik tirbandliklar yuzasidan izoh berdi

Foto:«Xabar.uz»

Davlatimiz rahbari 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o‘zbek xalqining yuksak insoniy fazilatlarining yorqin namunasi bo‘lgan Shoahmad Shomahmudovlar oilasi qahramonligining ahamiyati va qadrini inobatga olib, xalqimizning ezgu fazilat va qadriyatlarini abadiylashtirish maqsadida «Xalqlar do‘stligi» nomi va yodgorlik ansamblini poytaxt markaziga qaytarish yuzasidan ko‘rsatma bergan edi.

Ayni damda shahrimizning muhtasham san’at saroyi oldidagi maydon va uning atrofidagi hududda ulkan qurilish ishlari olib borilmoqda. Buning natijasida markaziy ko‘chalar va yo‘lo‘tkazgichlarda tirbandliklar yuzaga kelmoqda.

Shu munosabat bilan poytaxt aholisi va mehmonlaridan amalga oshirilayotgan shu va boshqa qurilish ishlari davomida yuzaga kelayotgan noqulayliklarni to‘g‘ri tushunishlarini so‘raymiz.

Amalga oshirilayotgan bu kabi bunyodkorlik ishlari kelgusida shahrimiz aholisi va mehmonlarining qulayligi, poytaxt ko‘chalarining go‘zalligi uchun xizmat qilishi shubhasiz.

Toshkent shahar hokimligi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring