Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahar IIBB o‘z «Telegram-bot»ini ishga tushirdi

Toshkent shahar IIBB o‘z «Telegram-bot»ini ishga tushirdi

Foto: «Gazeta.uz»

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi o‘z «Telegram-bot»ini (@iibb_bot) ishga tushirdi. Uning yordamida fuqarolar boshqarmaga murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar berdi.

Bot o‘zbek va rus tillarida ishlaydi. Ishga tushirilganida u dastlab foydalanuvchidan telefon raqamini so‘raydi.

Foydalanuvchiga o‘zi yashaydigan yoki biror hodisa yuz bergan tumanni tanlashni taklif etadi. Dastur joyni avtomatik tarzda ko‘rsatishi uchun geoma’lumotlarni yuborish imkoniyati ham bor.

So‘ng Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi, Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi, profilaktika inspektori, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati va ichki ishlar organlarining boshqa xizmatlari faoliyati sohasiga tegishli so‘rov, ariza yoki murojaatlarni yuborish mumkin. Audio, videoformatdagi fayllarni yoki fotosuratlarni ilova qilish imkoni ham bor.

Xabarni qabul qilgach, bot xabar olingani va ma’lumotlar bazasiga kiritilgani haqida javob yuboradi, murojaat ko‘rib chiqilgach, mobil telefonga SMS-xabar jo‘natiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring