Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahar IIBB tizimida tezkor avtomobillar joriy etildi (video)

Toshkent shahar IIBB tizimida tezkor avtomobillar joriy etildi (video)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-fevral kuni «Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida»gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Prezident qaroriga muvofiq, jamoat tartibini saqlash, avvalambor, voyaga yetmagan va yoshlar o‘rtasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish, huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalarning buzg‘unchi tahdidlarni barvaqt aniqlash bo‘yicha yakdil harakatlarni, ularni hamkorlikda va sifatli bartaraf etilishini ta’minlash maqsadida, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq ustuvor yo‘nalishlar belgilangan edi.

Toshkent shahar IIB ma’lumotiga ko‘ra, ushbu islohotlar ichki ishlarni xalqqa yaqinlashtirish maqsadida olib borilmoqda. Shu maqsadda tezkor avtomobillar tashkil etilgan. Ushbu avtomobillar bir qator imkoniyatlarga ega. Xususan, ushbu avtomobillar eng zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan, fuqarolarni nazorat qilish, yo‘llarda, mahallalarda avtomobillar egalarining qarzdorligini ham tekshirish imkoniga ega. Avtomobillarga o‘rnatilgan noutbukda barcha ma’lumotlar bazasi jamlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring