Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahar prokurori ko‘zi ojizlar maktabiga tashrif buyurdi

Toshkent shahar prokurori ko‘zi ojizlar maktabiga tashrif buyurdi

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent shahar prokurori Sh.Obloqulov Yashnobod tumanidagi ko‘zi ojizlar maktab-internatida, ko‘zi ojiz bolalarning salomlatliklarini tiklashi, bilim olishi va yashashi uchun sharotlar yaratilganini, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilinishi ahvolini o‘rgandi.

Shundan so‘ng, internat o‘qituvchilari bilan alohida ochiq muloqot tarzida yig‘ilish o‘tkazib, internat faoliyatida yig‘ilib qolgan muammolar xususida ularning dardini tingladi.

O‘rganish natijasiga ko‘ra, tegishli mutasaddi idoralar rahbarlariga belgilangan muddatlarda aniqlangan muammolarni hal etish haqida topshiriqlar berdi.

Maktab-internat oshxonasi, yotoqxonasi va hojatxonalarida sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilinmagani, ishlarni o‘z holiga tashlab qo‘yib, vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragani hamda internat xodimlari va o‘quvchilari tomonidan tushgan ko‘plab e’tirozlarni inobatga olib, maktab-internati direktori M.Maqsudov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring