Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent shahrida mahallasiga befarq bo‘lmaganlar aniqlandi

Toshkent shahrida mahallasiga befarq bo‘lmaganlar aniqlandi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 26-dekabr kuni 1-Respublika tibbiyot kollejida “Mahalla — mening taqdirimda” ko‘rik-tanlovining Toshkent shahar bosqichi o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda Toshkent shahrida joylashgan 11 ta tumandan jamoalar qatnashgan. Tanlov 3 ta shart asosida tashkillashtirildi.

Ko‘rik-tanlovning yakuniy natijalarga ko‘ra 1-o‘rinni Chilonzor tumani, “Yakkatut” mahalla fuqarolar yig‘inining “Umid” jamoasi olgan. 2-o‘rinni Shayxontohur tumani, “Gulobod” mahalla fuqarolar yig‘inining “Shunqorlar” jamoasi, 3-o‘rinni Bektemir tumani, “Binokor” mahalla fuqarolar yig‘inining “Bunyodkor” jamoasi egallagan.

Qolgan barcha 8 ta tumanlardan ishtirok etgan jamoalar ham faol ishtirok etganlari uchun Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Toshkent shahar kengashi tomonidan esdalik sovg‘alari hamda diplomlar topishirildi.

Ko‘rik-tanlovning mahallalaro saralash bosqichlari 2018-yilning 1-10-dekabr, tuman bosqichlari 10-20-dekabr kunlari tashkil etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring