Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi PPX va YPX xodimlarining tabel qurollari elektroshokerlarga almashtiriladi

Toshkentdagi PPX va YPX xodimlarining tabel qurollari elektroshokerlarga almashtiriladi

Foto:«Zamin.uz»

Toshkent shahridagi patrul-post xizmati (PPX) va yo‘l-patrul xizmati (YPX) xodimlarining tabel qurollari elektroshokerlarga almashtiriladi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari — jamoat tartibini saqlash xizmati boshlig‘i Azizxon Umarxonov «Gazeta.uz»ga ma’lum qilgan.

Ushbu qaror statistik ma’lumotlardan kelib chiqib qabul qilingan. «So‘nggi 15—20 yil ichida tabel qurolidan foydalanishga majbur qiladigan holatlar deyarli bo‘lmagan», — dedi Azizxon Umarxonov.

IIBB boshlig‘ining boshqa bir o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayevning aniqlik kiritishicha, tezkor xodimlarda har doim qurol bo‘ladi. «Qo‘lga olish bo‘yicha yoki boshqa xavfli chaqiruvlarga, agar zarurat bo‘lsa, qurol bilan chiqiladi. Elektroshokerlar faqat PPX va YPX xodimlariga beriladi», — dedi u.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring