Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi

Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi

Foto: «Sputnik»

Joriy yilning 5-yanvar kuni xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bosh prokuror va Ichki ishlar vaziriga viloyat prokurori hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ini ishdan olish haqida topshiriq bergan edi.

Ishonchli manbalarimizning xabariga ko‘ra, Toshkent viloyat Ichki ishlar boshqarmasiga Allamuradov Abdumalik Abduqodirovich tayinlandi.

Bungacha podpolkovnik A.Allamurodov O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Tergov departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 16-yanvar kuni Po‘latov Bahodir Baxtiyorovich Toshkent viloyati prokurori lavozimiga tayinlangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring