Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyati soliq boshqarmasi ikki mingdan ziyod shaxs faoliyatini qonuniylashtirdi

Toshkent viloyati soliq boshqarmasi ikki mingdan ziyod shaxs faoliyatini qonuniylashtirdi

Foto:«Xabar.uz»

Toshkent viloyati hokimligida soliq tizimidagi islohotlar samaradorligini ta’minlash va budjetga qo‘shimcha daromad zaxiralarini aniqlash yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahliliga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

Unda viloyat hokimligi, prokuratura, davlat soliq boshqarmasi, moliya boshqarmasi va tegishli korxona hamda tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda qayd etilganidek, viloyat davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‘tkazilgan xatlov natijasida 2231 nafar shaxsning mehnat faoliyati qonuniylashtirildi va mazkur ob’yektlarga 693,0 mln. so‘m soliq hisoblandi. Shuningdek, 955 ta ob’yektda o‘tkazilgan o‘rganish natijasida aniqlangan holat bo‘yicha 418,5 mln.so‘m qo‘shimcha soliq to‘lovi hisob-kitob qilindi. Bozorlar va savdo komplekslarida 500 nafar shaxsning faoliyati qonuniylashtirildi va 107 mln.so‘m qo‘shimcha soliq manbai aniqlandi. Bu haqda Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi, Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘’basi ma’lum qildi. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring