Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatida 15 million so‘mlik mis kabeli o‘g‘rilari ushlandi

Toshkent viloyatida 15 million so‘mlik mis kabeli o‘g‘rilari ushlandi

Foto: «Vtorkabel»

Toshkent viloyati Angren shahrida o‘g‘rilar 15 million 508 ming so‘mlik mis kabellarini o‘g‘irlashdi. Bu haqida O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2017-yil 15-avgustga o‘tar kechasi noma’lum shaxs «O‘zbek ko‘mir» AJ Temir yo‘l transporti filiali hududiga kirib, u yerdan umumiy qiymati 15 million 508 ming so‘mlik 319 metr mis kabellarni o‘g‘irlab ketgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu jinoyatni Angren shahar Jigariston mahallasida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan B.Boymuratov, 1996 yilda tug‘ilgan A.Karimov, 1992 yilda tug‘ilgan D.Nurboyev va «O‘zbek ko‘mir» AJ ishchisi, 1994 yilda tug‘ilgan N. Mirzakarimovlar sodir etganliklari aniqlangan.

Kabel o‘g‘rilarining barchasi qo‘lga olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring