Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

Toshkent viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

Salom Samadov.

Foto: Bosh prokuratura

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2018-yil 15-oktyabrdagi buyrug‘iga asosan Samadov Salom Ismatovich Toshkent viloyat prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

S.Samadov 1963-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 1990-yilda Xarkov yuridik institutini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 1990-yilda Buxoro viloyati F.Xo‘jayev tuman prokuraturasida boshlab, Buxoro va Navoiy viloyatlari prokuraturalari organlarida turli lavozimlarda, 2005-yildan boshlab, Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, Xatirchi va Karmana tumanlari prokurori, Buxoro viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Qashqadaryo viloyati prokurori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining o‘rinbosari, birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

S.Samadov  bu lavozimda o‘z arizasiga binoan vazifasidan ketgan Shavkat Rahmatov o‘rnida ish boshlaydi.

Avvalroq Toshkent viloyati IIB boshlig‘i o‘zgargani ham ma’lum qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring