Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent viloyatining 18 kvadrat kilometr maydoni poytaxtga qo‘shiladi

Toshkent viloyatining 18 kvadrat kilometr maydoni poytaxtga qo‘shiladi

Foto: O‘zA

2017-yilning dekabr oyida O‘zbekiston poytaxti Toshkent viloyatining ayrim tumanlari hisobiga kengaytirilishi haqida xabarlar tarqaldi. Toshkent viloyatining bir qator tumanlari hisobiga Toshkent shahar hududini kengaytirish to‘g‘risida hujjat ishlab chiqilayotgani aytildi va OAVlarda boshqa tafsilotlar ko‘rinmadi. O‘zbekiston milliy axborot agentligi ayni mavzuga oydinlik kiritish maqsadida tegishli idoralar bilan bog‘landi.

Xabarda aytilishicha, Toshkentni kengaytirish borasidagi tashabbus Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan kiritilgan bo‘lib, bu loyihaga chet eldan tajribali mutaxassis va yirik kompaniyalar jalb etilgan.

Toshkent shahar bosh arxitektori Asomiddin Tojiyevning ma’lum qilishicha, yangi Toshkent ma’muriy hududi 18 kvadrat kilometr atrofidagi kattalikda kengaytiriladi. Bu ko‘rsatkich poytaxtga kiritilayotgan hududning tabiiy landshaftidan kelib chiqqan holda o‘zgarishi mumkin. Toshkentning ayni damdagi o‘zgartirilmagan hududi 33,4 kvadrat kilometrni tashkil etadi. Loyiha bo‘yicha hozirda hisob-kitob ishlari amalga oshirilmoqda.

Poytaxtga kiritilishi ko‘zda tutilgan hududlarda fotos’yomka, geologiya, injeneriya mutaxassislari ish olib bormoqda. Shuningdek, mazkur yerlardagi gaz, elektr va suv ta’minotlari darajasi ham o‘rganilmoqda. Toshkent shahar bosh arxitektorining aytishicha bu jarayon izchil mehnatni talab etadi va bu qisqa fursat ichida amalga oshiriladigan ish emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring