Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda ikki yildan so‘ng yana bir chorraha ochiladi

Toshkentda ikki yildan so‘ng yana bir chorraha ochiladi

Foto:«Repost.uz»

Bugun, 9-iyun kuni Toshkentda avval yopiq bo‘lgan Muqimiy-Arnasoy (sobiq Pionerskaya) ko‘chalari kesishmasidagi chorrahani qayta tiklash ishlari boshlandi. Ayni damda chorrahada qurilish texnikalari ishlamoqda, ajratuvchi to‘siqlar demontaj qilinmoqda. Bu haqda «Repost» xabar berdi.

Yo‘lning bu qismidagi chorraha ikki yil avval, Muqimiy ko‘chasidagi yuqori o‘tish yo‘lini qayta rejalashtirish ishlari amalga oshirilgan paytda yopilgan edi. Hafta boshida Muqimiy-Qatortol kesishmasidagi chorraha ham ochilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring