Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda «Agro Food Forum-2018» xalqaro anjumani boshlandi (foto)

Toshkentda «Agro Food Forum-2018» xalqaro anjumani boshlandi (foto)

Foto: «Xabar.uz»

Bugun poytaxtimizdagi «Zarqaynar» liboslar uyi galereyasida «Agro Food Forum-2018» xalqaro anjumani boshlandi.

Foto: «Xabar.uz»

Uchinchi bor o‘tkazilayotgan ushbu xalqaro anjumanning maqsadi — meva, sabzavot va poliz mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash, quritish, qadoqlash hamda tezkor muzlatish uskunalarini o‘rnatish, ulardan foydalanish sirlari haqida ma’lumot berishdan iborat.

Anjumanda «O‘zbekoziqovqatsanoatxolding» kompaniyasi rahbarlari, mahalliy va xalqaro korxonalar vakillari, tadbirkorlar, soha mutaxassislari, jurnalistlar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Foto: «Xabar.uz»

Forumni «O‘zbekoziqovqatsanoatxolding» kompaniyasi raisi Tohir Jalilov ochib berdi. U xalqaro forum nafaqat mahalliy tadbirkorlar, balki xalqaro korxonalar vakillari uchun ham foydali bo‘lishini ta’kidladi.

Shundan so‘ng Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekistonda xorij tajribasi asosida achchiq qalampir yetishtirishni ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ish boshlagan «Chiliuz» kompaniyasining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi.

Foto: «Xabar.uz»

Shundan so‘ng «Chiliuz» rahbari Furqat Bahromov kompaniya faoliyati haqida so‘zlab berdi. Mahalliy va xalqaro korxonalar vakillari o‘z faoliyati haqida ma’lumot berdilar.

Foto: «Xabar.uz»

Aytish kerakki, tadbir davomida eng so‘nggi innovatsion texnologiyalar bilan yaqindan tanishish maqsadida ko‘rgazma ham tashkil etiladi. Ko‘rgazma 6-aprelga qadar davom etadi.

Farrux Aliyev olgan suratlar

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring