Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda «Avtomobilsiz kun» tadbiri o‘tkaziladi

Toshkentda «Avtomobilsiz kun» tadbiri o‘tkaziladi

Foto:«Xabar.uz»

Toshkent shahar hokimligida Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Fransua Bejo Yevropada o‘tgan asrning 70-yillaridan o‘tkazilishi boshlangan avtomobilsiz kun g‘oyasi hozirda 54 ta davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotganini ta’kidlab, bu borada O‘zbekiston, xususan, Toshkent bilan birgalikda ish olib borish taklifini bildirdi.

Fransua Bejoning ta’kidlashicha, Yevropada har yili sentyabr oyining uchinchi haftasida avtomobilsiz kun tadbirlari o‘tkaziladi. Bundan maqsad atrof muhitga yoqilg‘i yoqilishidan hosil bo‘ladigan zaharli gaz chiqishi va tarqalishini kamaytirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdir. Tadbir doirasida avtomobillar o‘rniga velosipedda yoki piyoda yurishni targ‘ib qiluvchi turli aksiyalar o‘tkaziladi.

Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Elbek Shukurov O‘zbekistonda ham o‘tgan yildan bu yo‘nalishda ishlar boshlanganligini ma’lum qildi. «2018-2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash konsepsiyasi» hamda bir qator qonun hujjatlarida «Avtomobilsiz kun» tadbirini o‘tkazish belgilanganini va hozirda har oyning uchinchi jumasida shunday targ‘ibot aksiyalari tashkil qilinayotganligini qayd etgan.

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring