Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda bedarak yo‘qolgan qiz qidirilmoqda

Toshkentda bedarak yo‘qolgan qiz qidirilmoqda

Foto: Toshkent shahar IIBB

Olmazor tumani, «Shifokor» mahallasi, 8-uy, 59-xonadonda yashagan, 1994-yilda tug‘ilgan Iskandarova Mexribonu Tuxtasin qizi, 2020 yilning 6 avgust kuni taxminan soat 8.30 larda uyidan chiqib ketib, qaytib kelmagan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Oxirgi ma’lumotga ko‘ra, u Chilonzor tumani «S» mavzesidagi kosmetologiya salonida bo‘lgan. Qiz soat 10.30 da salondan chiqib, yo‘l tarafga ketganligi tashqi kuzatuv kameralarida qayd etilgan. 

Belgilari: bo‘yi 160 sm, ko‘zi qora, sochi uzun va to‘q jigarrang rangli.

Egnidagi kiyimi: havorang rangli ko‘ylak va jinsi shim, qaymoq rangli mokasima. 

«Hurmatli Toshkent aholisi va mehmonlar! Agar Siz Mexribonu Iskandarovani ko‘rgan bo‘lsangiz, yoki uning qayerda ekanligi haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz: 71-278-58-40 (Chilonzor tuman IIO FMB), 71-230-50-85 (Olmazor tumani IIO FMB), +998-90-973-64-68 (qizning yaqinlari), 71-232-30-40, 71-232-40-50 yoki 102 telefon raqamlari orqali xabar berishingizni so‘raymiz», deyiladi IIBB xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring