Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda bir kunda 2741ta yo‘l harakati qoidalarining buzilish holati aniqlandi

Toshkentda bir kunda 2741ta yo‘l harakati qoidalarining buzilish holati aniqlandi

Foto: «Xabar.uz»

2019 yilning 7 yanvar kuni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan jami 2741 ta ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Bu haqda boshqarma axborot xizmati xabar berdi.

Ma’muriy bayonnomalarning eng katta qismi (1025 ta) haydovchilarning transport vositasini xavfsizlik kamari taqmasdan xarakatlanishi yuzasidar tuzilgan. 553 ta xolatda piyodalarning yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tishi xolatlari aniqlangan.

Shuningdek, 364 ta qo‘pol qoidabuzarliklar, 259 ta odam tashish qoidalarini buzish, 84 ta xolatda to‘xtash va to‘xtab turish qoidalarini buzish, 43 ta xolatda transport vositasini tegishli hujjatlarsiz boshqarish, 6 ta xolatda xaydovchilar harakat davomida uyali telefon foydalanishi, 5 ta xolatda haydovchilar transport vositasini mast xolatda boshqarishi, 2 ta xolatda haydovchilarning tegishli ruxsatnomasiz transport vositasini yon oynalarini qoraytirilgan xolatda boshqarishi hamda 1 ta xolatda yo‘l patrul xizmati inspektorining qonuniy talablarini bajarmaslik holatlari aniqlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring