Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda dahshatli jinoyat fosh etildi

Toshkentda dahshatli jinoyat fosh etildi

Foto: «Asr.uz»

Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi «Abror style» go‘zallik salonida ishlagan N.M shu yilning 16-fevralidan beri qidiruvda edi. U salondan noma’lum ayol bilan chiqib ketgancha qaytib kelmagan.

Ichki ishlar vazirligi bergan xabarga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida dahshatli jinoyat ishi fosh etilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent shahar Sergeli tumanida ro‘yxatda turuvchi, vaqtincha Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanida yashovchi M.A. uyida o‘zaro janjal oqibatida N.M.ning yuziga sirka kislotasini sepib, bo‘yin hamda yelka qismlariga pichoq bilan urib jarohat yetkazib, so‘ng tanasini bolta bilan bo‘laklarga ajratib, polietilen qoplarga joylashtirgan. U shundan so‘ng tananing qorin qismini Chirchiq daryosiga, qolgan qismlarini shu daryo qirg‘og‘ida joylashgan chakalakzorga tashlab ketgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida M.A. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring