Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda elektron tijoratga bag‘ishlangan yirik tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkentda elektron tijoratga bag‘ishlangan yirik tadbir bo‘lib o‘tdi

Foto: «Elektron hukumat» markazi matbuot xizmati

Windham Tashkent mehmonxonasida moliya sohasidagi eng yirik tadbir – E-Commerce Day 2018 bo‘lib o‘tdi. Unda elektron savdo va internetda biznes yuritish bilan bog‘liq keng qamrovli masalalar muhokama etildi.

«Elektron hukumat» markazi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, anjumanning dastalabki kunida O‘zbekiston Elektron tijorat uyushmasi raisi Muzaffar A’zamov, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Elektron tijoratni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Tolibjon Mirzaqulov so‘zga chiqishdi.

Foto: «Elektron hukumat» markazi matbuot xizmati

Tolibjon Mirzaqulov o‘z chiqishida O‘zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish bosqichlari, sohani taraqqiy ettirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirdi. Jumladan, joriy yilda mamlakatimizda Elektron tijorat sub’yektlari milliy reyestri joriy etilgani, unga kirgan tadbirkorlik sub’yektlariga qator imtiyozlar taqdim etilishini ta’kidlab o‘tdi.

Foto: «Elektron hukumat» markazi matbuot xizmati

Tadbirda Rossiya, Belarus, Ukraina, Xitoy va AQSh kabi davlatlardan kelgan mehmonlar va ekspertlar o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etishdi. Sohaning bugungi kuni va ertasi bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashishdi. Shuningdek, zamonaviy to‘lov usullari bo‘yicha ma’lumotlar berishdi, internet-do‘konlarni samarali rivojlantirishning omili sifatida logistika masalasini rivojlantirishni o‘rtaga tashlashdi.

Tadbir o‘z internet do‘konini ochmoqchi bo‘lgan, elektron tijorat sohasiga endigina qadam qo‘yayotganlar uchun ham, ancha yillardan buyon bu soha bilan shug‘ullanib kelayotgan mutaxassislar uchun ham birdek foydali bo‘lgani e’tirof etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring