Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda fojia yuz bergan ob’yektda qurilish ishlari to‘xtatildi

Toshkentda fojia yuz bergan ob’yektda qurilish ishlari to‘xtatildi

Foto: Sputnik/Ramiz Baxtiyarov

«The Tower MMG» kompaniyasi «Riviera» savdo markazi ob’yektida qurilish ishlarini to‘xtatdi. Bu haqda kompaniya «Facebook»dagi sahifasida xabar berdi.

«The Tower MMG» rahbariyati «Riviera» savdo markazi qurilish ob’yektida halok bo‘lganlar va jarohat olganlarning oilalariga hamdardlik bildiradi.

«The Tower MMG» jarohat olganlarning va vafot etganlarning oila a’zolariga moddiy yordam ko‘rsatadi va to‘liq ko‘mak beradi.

Ob’yektdagi qurilish ishlari hamma tafsilotlarni aniqlash va bo‘lib o‘tgan hodisaning aniq sabablarini topishga qadar to‘xtatib qo‘yildi. Voqea joyida ekspert guruhi ishlamoqda. Rasmiy xulosa sahifamizda e’lon qilinadi», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentdagi «Riviera» savdo markazi ob’yektida metallokonstruksiyaning qulashi oqibatida 4 kishi halok bo‘lgan, 2 kishi jarohatlangandi.

Sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring