Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda avtobusning kanalga ag‘darilishiga sababchi bo‘lgan «Nexia» qidirilmoqda

Toshkentda avtobusning kanalga ag‘darilishiga sababchi bo‘lgan «Nexia» qidirilmoqda

Foto: «Toshshahartrasxizmat»

Toshkentning Yashnobod tumanida bugun, 12-may kuni «Isuzu» rusumli yo‘lovchi avtobusi kanalga ag‘anagani haqida xabar bergan edik.

«Gazeta.uz» nashri aniqlik kiritishicha, 119-yo‘nalish bo‘ylab harakatlanib kelayotgan avtobus yo‘liga keskin ravishda o‘ngga qayta tizilgan fil suyagi rangli «Nexia» chiqib kelgan, oqibatda avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan va salonida 20 yo‘lovchi bo‘lgan shahar transporti Tolariq kanaliga tushib ketgan.

Xabar berishlaricha, hodisa yuz bergan vaqtda avtobus soatiga 27 kilometr tezlik bilan harakatlanib kelayotgan bo‘lgan. «Nexia» voqea joyidan yashiringan.

«Toshshahartransxizmat» kompaniyasining nashrga bergan ma’lumotiga ko‘ra, hodisa oqibatida yo‘lovchilardan hech kim jabrlanmagan, biroq avtobus haydovchisi Abdurashid Qo‘ziboyev (1981-yilda tug‘ilgan, yetti yillik avtobus haydash stajiga ega) tan jarohati olgan. U «miya chayqalishi» tashxisi bilan Respublika nevrologiya markaziga yotqizilgan.

Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi (YHXB) YTH kelib chiqishiga sababchi bo‘lgan deb taxmin qilinayotgan «Nexia»ni qidirishni boshlagan. Voqea guvohlaridan «Toshshahartransxizmat»ning harakat xavfsizligi bo‘limi (+99899 8486999) yoki YHXBga (2309452) murojaat qilish so‘ralgan.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring