Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda ko‘p qavatli uyning tomi yondi

Toshkentda ko‘p qavatli uyning tomi yondi

Foto: Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi xizmati

Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi Aviasozlar dahasida 4 qavatli uyning tom bo‘g‘ot qismining 70 kv.m. maydoni yondi. Bu haqda poytaxt Yong‘in xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Bugun, 27-oktyabr kuni Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari hodisa joyiga soat 13:51 da yetib borgan va yong‘in soat 14:06 da qurshab olinib, 14:20 da bartaraf etilgan.

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, yong‘in kelib chiqishiga tomda olovli-ta’mirlash ishlarini olib borishda xavfsizlik qoidalarining buzilishi asosiy sabab bo‘lgan. Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Halok bo‘lganlar va tan jarohati olganlar qayd etilmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring