Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda maksimal tezlikni 50 km/soatga cheklovchi belgilar ko‘paytiriladi

Toshkentda maksimal tezlikni 50 km/soatga cheklovchi belgilar ko‘paytiriladi

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent shahar hokimi tomonidan 1-fevral kuni yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha hududiy dastur tasdiqlandi. Ushbu hujjat 2019−2020 yillarga mo‘ljallangan bo‘lib, yo‘l harakati xavfsizligini oshirish va yo‘l infratuzilmalarini yaxshilash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Bu haqda poytaxt matbuot xizmati xabar berdi.

Dasturga ko‘ra, yil oxiriga qadar barcha ijtimoiy ob’yektlar yaqinidagi yo‘l belgilari hamda mavjud svetoforlar inventarizatsiyadan o‘tkaziladi.

Yil davomida ijtimoiy ob’yektlar (maktab, MTM, litsey va kollejlar, OTMlar, shifoxona, bozorlar, biznes markazlar, supermarketlar, istirohat bog‘lari, teatrlar, stadionlar, konsert zallari, masjidlar, to‘y marosimlari o‘tkaziladigan maskan va boshqa joylar) yaqinidagi boshqarilmaydigan yer usti piyodalar o‘tish yo‘laklari qarshisida (har bir yo‘nalishda transport harakati polosalari uch va undan ortiq bo‘lgan joylarda) maksimal tezlikni 50 km/soatga cheklovchi belgilar o‘rnatiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring