Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda MDH va arab davlatlari vakillari yig‘ildi (video)

Toshkentda MDH va arab davlatlari vakillari yig‘ildi (video)

Foto: «Xabar.uz»

12-14 fevral kunlari Toshkentda MDH mintaqalari va arab davlatlari uchun AKT sohasidagi statistika bo‘yicha Xalqaro elektraloqa ittifoqi (XEI)ning hamkorlikdagi seminar-praktikumi bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar berdi AKT vazirligi axborot xizmati.

Seminar-praktikum doirasida XEIning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi statistikani to‘plash, qayta ishlash sohasi bilan bog‘liq barcha savollar spektri muhokama qilinmoqda.

Tadbirda XEIning yetakchi mutaxassislari, Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Misr, Ummon, Sudan, Jibuti, Qatar, Nigeriya, Iroq, Mavritaniya, Jazoyir va boshqa ko‘plab davlatlardan vakillar ishtirok etmoqda.

Seminar ochilishida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov so‘zga chiqdi. U, o‘z nutqida, ushbu tadbir mutaxassislarning keng qatlami uchun telekommunikatsiyalar sohasidagi statistik ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilishning dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha tajriba almashishlari va malaka oshirishlari uchun samarali maydon ekanini ta’kidladi.

E’tirof etish joizki, iqtisodiyot, biznesning izchil rivojlanib borishi hamda mamlakatimizda ijtimoiy yangilanishlar sharoitida AKT sohasidagi statistika ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar va voqeliklar rivojining ob’yektiv qonunlarga asoslanganligini, shuningdek, aniq makon va zamon sharoitida ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklarni aniqlash va o‘lchash imkoniyatini taqdim etadi.

Uch kun davomida seminar-praktikum ishtirokchilari statistika ma’lumotlarini to‘plash va ularni XEIga taqdim etilishi sifatini oshirishga xizmat qiluvchi AKT rivojlanishi indeksi (IDI), indikatorlar hamda ularning hisob-kitoblari metodologiyalari borasida va boshqa ko‘pgina qiziqarli, foydali ma’lumotlarga ega bo‘ladilar.

XEIning ushbu seminar-praktikumi doirasida, shuningdek, joriy yilning 14 fevralida Aloqa sohasida mintaqaviy hamdo‘stlik (ASMH) komissiyasining axborot kommunikatsiyalari iqtisodiyoti bo‘yicha 39-yig‘ilishini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring