Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda nufuzli xalqaro konferensiya o‘z ishini yakunladi

Toshkentda nufuzli xalqaro konferensiya o‘z ishini yakunladi

Foto: Institut matbuot xizmati

O‘tgan yili oktyabr oyida Rossiya federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning mamlakatimizga tashrifi doirasidagi taklif va kelishuvlarning ahamiyati bugungi kunda o‘z ro‘yobini ko‘rsatmoqda. O‘shanda «Yangi iqtisodiyotga yangi xodimlar» ta’lim forumi ikkita davlatning 140 ta yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirokida o‘tkazilgandi. Bu esa ikkala davlat olimlari o‘zaro hamkorligining mustahkamlanishiga, keng qamrovli ilmiy loyiha va amaliy-nazariy yo‘sindagi faoliyatga mezon bo‘lgani rost.

Ayni paytda ikkala mamlakatning 130 dan ziyod oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash va ilmiy-tadqiqot ishlaridagi o‘zaro hamkorliklar doirasida shartnomalar imzolangan. Xususan, Toshkent irrigatsiya qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti hamda Moskva davlat qurilish universiteti orasida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida istiqbolli rejalar va kelishuvlar belgilab olingandi.

Joriy yilning 18-21-aprel kunlari Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida Milliy tadqiqot Moskva davlat qurilish universiteti va «Gidroproyekt» AJ bilan o‘zaro hamkorlikda qurilish sohasida erishilgan yutuqlarni targ‘ib qiladigan «Construction the formation of living environment» (FORM-2019) XXII xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Foto: Institut matbuot xizmati

Qurilish, fan va ta’lim sohasidagi dunyoviy tajriba va an’analarni ommalashtirish hamda dolzarbligi bilan ushbu xalqaro konferensiya katta ahamiyat kasb etdi. Ayniqsa, yoshlar innovatsiyasi bo‘yicha o‘tkazilgan seminarda yosh tadqiqotchilarning ilmiy salohiyati, innovatorlik iqtidori yaqqol ko‘zga tashlandi.

Institut rektori, professor O‘ktam Umurzoqov konferensiya yakunida xalqaro anjumanda o‘z ma’ruza va chiqishlari bilan ishtirok etgan xorijlik mehmonlarni samimiy qutladi. Shuningdek, Milliy tadqiqot Moskva davlat qurilish universiteti professori Andrey Juravlev va boshqalar yuqori tashkilotchilik uchun minnatdorchiliklarini bildirishdi.

Qiziqarli, ilmiy yangiliklarga boy, puxta va dolzarb mavzudagi ma’ruzalari bilan ishtirok etgan olimlarga, shuningdek, yosh tadqiqotchilarga diplom, faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Rahimboy Jumaniyozov,
Institut matbuot kotibi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring