Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda odam urib qochib ketgan haydovchi ushlandi

Toshkentda odam urib qochib ketgan haydovchi ushlandi

Foto: «Informator»

Shu yil 15-noyabr kuni noma’lum haydovchi Toshkent shahrining Chilonzor tumanida joylashgan «Fons cafe» qarshisida odam urib qochib ketgan edi. Jabrlanuvchi, Chilonzor Ye-mavzeda yashovchi O.X tan jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilgandi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu yo‘l-transport xodisasini Chilonzor tumanida yashovchi J.Yu. boshqaruvidagi «Neksiya» rusumli avtomashinada sodir etgani aniqlangan va u ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring