Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Onlayn nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi

Onlayn nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi

Foto:«Norma.uz»

Toshkent shahrida onlayn nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash bo‘yicha tajriba loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi.

Qarorga muvofiq, Toshkent shahrida onlayn nazorat-kassa mashinalari (NKM) tajriba loyihasi ishga tushiriladi.

Loyiha doirasida mahsulotlarni sotilgan vaqti va joyini ko‘rsatgan holda ma’lumotlarni soliq organlariga onlayn uzatishni ta’minlovchi NKM orqali tushumlarni nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini qo‘llash rejalashtirilmoqda.

Mazkur tarjribada savdo va xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar fiskal modulni (ulangan qurilmaning hisoblash quvvatini ishlatmagan holda fiskal ma’lumotlarni kriptografik himoyasini ta’minlovchi qurilma) ro‘yxatdan o‘tkazganidan so‘ng ixtiyoriy ishtirok etishi mumkin.

Fiskal modul zarur dasturiy ta’minot va texnik resurslar bilan beg‘araz beriladi hamda tadbirkorlarning shaxsiy ma’lumotlari himoyalanadi.

Fiskal modulni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tadbirkorlar davlat soliq organlariga shaxsiy kabinetlari orqali murojaat etadi.

Soliq organlari bir ish kunida fiskal modulni ro‘yxatdan o‘tganligi haqida xabarnomani yuboradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring