Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda o‘qituvchi o‘z o‘quvchisining qarindoshi tomonidan pichoqlandi

Toshkentda o‘qituvchi o‘z o‘quvchisining qarindoshi tomonidan pichoqlandi

Illyustrativ surat.

Foto: «big-rostov.ru»

Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtdagi maktablardan birining o‘qituvchisi o‘z o‘quvchisining qarindoshi tomonidan pichoqlangani haqida xabarlar tarqaldi. Surishtiruv natijasida bu ma’lumotlarni «Xabar.uz» manbasi ham tasdiqladi.

Ma’lum bo‘lishicha, poytaxtning Yakkasaroy tumanida joylashgan 48-maktabning jismoniy tarbiya o‘qituvchisi 17-may kuni darslarga muntazam qatnashmagan o‘quvchisiga tanbeh bergan va darsdan chetlashtirgan. Bunga chiday olmagan o‘quvchi o‘z onasini chaqiradi. Onasi bilan birga bolaning tog‘asi ham maktabga yetib kelgan va maktab rahbariyati ko‘z o‘ngida janjal boshlangan.

Janjal jarayonida o‘quvchining onasi o‘qituvchining yuzlariga jarohat yetkazgan, jahl otiga mingan tog‘a esa ustozning qorniga pichoq uradi. Shundan so‘ng og‘ir jarohat olgan o‘qituvchi hamkasblari tomonidan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib borilgan va murakkab muolajalar natijasida hayoti saqlab qolingan. Hozir bemorning ahvoli yaxshilanmoqda.

Gumondor hibsga olingan, tergov jarayoni davom etmoqda. «Xabar.uz» voqealar rivojini kuzatib boradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring