Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda qurilayotgan «Humo Arena»da yong‘in chiqdi

Toshkentda qurilayotgan «Humo Arena»da yong‘in chiqdi

«Humo Arena» muz saroyi.

Foto: «Pikabu»

Bugun, 26-dekabr kuni Toshkentda qurilayotgan «Humo Arena» muz saroyida yong‘in chiqqan.

«Xabar.uz»ga ma’lum qilinishicha, yong‘in sodir bo‘lgan hududga o‘nga yaqin o‘t o‘chirish avtomobillari jalb qilingan. 

Toshkent shahar yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, muz saroyi hududidagi qurilish chiqindilari yongan. Jabrlanganlar va talafot haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, ushbu majmuada o‘lchamlari 60x30 metr bo‘lgan ikkita — asosiy va mashq muz arenalari rejalashtirilgan bo‘lib, bino umumiy maydoni 74 ming kvadrat metrni tashkil qiladi, bino to‘rt qavatdan iborat, balandligi esa 36 metrni tashkil etadi. 

Muz saroyi 12,5 ming o‘tirish joylariga ega va konsert zali sifatida o‘n ming, sport musobaqalar o‘tkazish zali sifatida esa 14 ming tomoshabinga mo‘ljallangan. Asosiy binoda 300 o‘rinlik mashq arenasi ham loyihalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring