Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda uchta «Malibu» to‘qnashdi

Toshkentda uchta «Malibu» to‘qnashdi

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Bugun, 12-noyabr kuni soat 13:30 larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Chilonzor ko‘chasi, 54-uy qarshisida birdaniga uchta «Malibu» ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi, 1983-yilda tug‘ilgan U.O., 1990-yilda tug‘ilgan I.R. va 1969-yilda tug‘ilgan A.X. boshqaruvidagi «Malibu» rusumli transport vositalari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Natijada, 37 yoshli haydovchi U.O. tan jarohati olib shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, to‘qnashuv sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring