Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda xalqaro avtomobil qatnovi bo‘yicha uch tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tadi

Toshkentda xalqaro avtomobil qatnovi bo‘yicha uch tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tadi

Foto: «Sputnik»

2018-yilning 24-25-yanvar kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Xitoy hukumatlari o‘rtasida 1998-yil 19-fevralda imzolangan xalqaro avtomobil qatnovlari to‘g‘risidagi Bitimni amalga oshirish bo‘yicha uch tomonlama majlis bo‘lib o‘tadi.

TIV axborot xizmatining xabariga ko‘ra, uchrashuvda Xitoy Xalq Respublikasi Transport vazirligi, Qirg‘iziston Respublikasi Transport va yo‘llar vazirligi hamda O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi delegatsiyalari ishtirok etadi.

Ushbu tadbir oldidan xalqaro avtomobil tashuv masalalari bo‘yicha O‘zbekiston-Qirg‘iziston va O‘zbekiston-Xitoy ikki tomonlama majlislarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring