Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda halokat ro‘y berdi: 19 kishi zaharlandi, ulardan biri halok bo‘ldi

Toshkentda halokat ro‘y berdi: 19 kishi zaharlandi, ulardan biri halok bo‘ldi

Foto: «fvv.uz»

Toshkent shahrida Xlor konteynerida sodir bo‘lgan yorilish natijasida jami 19 kishi jabr ko‘rdi, ulardan biri voqea joyining o‘zida vafot etdi, deb xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan 2018 yil 14 iyul kuni soat 02:30 da Bektemir tumani «Oltin topgan» MFY, sanoat hududida joylashgan «BLU MARMAR» korxonasi hududida xlor bilan ishlash jarayonida xlor moddasi konteynerida yorilish sodir bo‘lgan.

Foto: «fvv.uz»

Natijada, 1 nafar fuqaro voqea joyida vafot etdi. 18 nafar kishi esa xlor moddasidan zaharlanish tashxisi bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent viloyati filialiga joylashtirildi.

Shifoxonaga yotqizilgan 13 nafar yollanma ishchilarning sog‘ligi to‘liq tiklanganligi sababli 2018 yilning 14 iyul kuni soat 10:30da uylariga ruxsat berilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring