Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda Yangi yil tadbirlari o‘tkaziladigan joylar ma’lum qilindi

Toshkentda Yangi yil tadbirlari o‘tkaziladigan joylar ma’lum qilindi

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Toshkent shahrida archalar o‘rnatiladigan va bayram tadbirlari o‘tkaziladigan joylar ma’lum bo‘ldi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkentning asosiy Yangi yil archasi Alisher Navoiy nomidagi kutubxona orqasida, Istiqlol ko‘chasida o‘rnatiladi.

Bundan tashqari, qishning asosiy bayrami kunlari yana beshta asosiy archa bezatiladi. Ular Xalqlar Do‘stligi va Xadra maydonlarida Toshkent Davlat sirki oldida, «Next» va «Compass» savdo-ko‘ngilochar markazlari yaqinida va Algoritm dahasida «Roison Elektronics «korxonasi yonida o‘rnatiladi.

Tuman hokimliklari, shuningdek, poytaxt hayvonot bog‘i, «Ecobozor» savdo kompleksi hududida, «GreenPark»da, «Ashxobod», «Do‘stlik», «Eko park», Mirzo Ulug‘bek nomidagi «Central Park» bog‘larida, Alisher Navoiy nomidagi Katta teatr oldida, O‘zbekiston Milliy banki yonida va boshqa joylarda bayram tadbirlarini uyushtiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring