Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda yangilangan jasorat maydoni foydalanishga topshirildi

Toshkentda yangilangan jasorat maydoni foydalanishga topshirildi

Foto: «toshkent.uz»

1966-yilning 26-aprelida Toshkent shahrida yuz bergan kuchli zilzilani aks ettiruvchi Jasorat maydoni tubdan ta’mirlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyovning xalq qabulxonalariga aholidan kelib tushayotgan murojaatlar, talab va istaklarni inobatga olib, Prezidentimiz tashabbusi bilan qayta ta’mirlangan ushbu maydon 10-iyul kuni foydalanishga topshirildi, deb xabar qilmoqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati.

Rafiqasi va farzandlarini zilziladan himoya qilayotgan erkak aks ettirilgan monument atrofidagi maydon obodonlashtirilib, xushbo‘y gullar ekildi, zamonaviy yoritgichlar hamda qulay o‘rindiqlar o‘rnatildi.

Shu tarzda poytaxt aholisi oilaviy hordiq chiqarishi mumkin bo‘lgan diqqatga sazovor maskanlar soni yana bittaga ko‘paydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring