Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda harakat qisman cheklanadi

Bugun Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda harakat qisman cheklanadi

Foto: Toshkent shahar hokimligi

14 mart kuni Toshkent shahridagi ayrim ko‘chalarda yo‘l yotiq chiziqlari chizilishi munosabati bilan quyida ko‘rsatilgan ko‘chalarda yo‘l qatnov qismida harakat qisman cheklanadi. Bu haqida Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati ma’lumot berib o‘tdi.

“Yo‘l harakatini tashkil etish markazi” DM shahrimiz aholisidan bu noqulaylik uchun uzr so‘raydi va harakatlanish cheklanadigan ko‘chalar ro‘yxatini ma’lum qiladi:

- Beshyog‘och ko‘chasining Furkat ko‘chasidan I.Karimov ko‘chasigacha bo‘lgan qismi soat 11:00 dan 18:00 gacha

- Olmazor ko‘chasining Beshyog‘och ko‘chasidan Navoiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismi soat 11:00 dan 18:00 gacha
- I.Karimov ko‘chasining Olmazor ko‘chasidan Bunyodkor ko‘chasigacha bo‘lgan qismi soat 11:00 dan 18:00 gacha

- Qoratosh ko‘chasining Bunyodkor ko‘chasidan 1-shahar shifoxonasigacha bo‘lgan qismi soat 11:00 dan 18:00 gacha qisman yopiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring