Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentdagi eng yaxshi kitob do‘koni qaysiligini bilasizmi?

Toshkentdagi eng yaxshi kitob do‘koni qaysiligini bilasizmi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentabrdagi qaroriga muvofiq tashkil qilingan «Har bir shahar va qishloqda — zamonaviy kitob do‘koni» aksiyasi doirasida «Namunali kitob do‘koni» tanlovining Toshkent shahar bosqichi o‘tkazildi.

Kitob do‘konlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash orqali aholiga namunali xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida «Navro‘z» bayrami arafasida g‘olibni aniqlash uchun idoralararo ishchi guruhi tuzilib, kitob do‘konlari manzillari bo‘yicha joylarga chiqib, belgilangan mezonlar asosida poytaxtimizdagi zamonaviy kitob do‘konlari faoliyati baholandi.

Toshkent shahar hokimligi, Toshkent shahar matbuot va axborot boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar kengashi, Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur tanlovda «Sharq ziyokori» mas’uliyati cheklangan jamiyati bir ovozdan Toshkent shahridagi «Namunali kitob do‘koni» tanlovining g‘olibi deb topilib, tashkilotchilar tomonidan maxsus diplom bilan taqdirlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring