Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ishonchni suiiste’mol qilish. Toshkentdagi «Green Burger» faoliyati to‘xtatildi

Ishonchni suiiste’mol qilish. Toshkentdagi «Green Burger» faoliyati to‘xtatildi

Illyustrativ surat

Foto: «HappyCow»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 22-dekabr kuni Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida mamlakatda tadbirkorlar faoliyatini tekshirish 2 yilga to‘xtatilishini aytgan edi.

Lekin hozirgi kunga kelib, Prezidentning mazkur ishonchini suiiste’mol qilayotgan ishbilarmonlar ham topilmoqda. Bizni endi tekshirmaydi, degan xayol bilan iste’molchilar huquqlarini buzishmoqda, gigiyena qoidalarini unutmoqdalar.

Toshkent shahrida faoliyat olib borgan Yunusobod kichik sanoat zonasiga qarashli «Green Burger» MChJ ham sanitariya-gigiyena qoidalariga umuman rioya qilmagani uchun shahar prokuraturasi tomonidan MChJ faoliyatiga chek qo‘yildi.

— Ushbu holatni shahar prokurori o‘z nazoratiga olgan, — deya javob berdi Bosh prokuratura axborot xizmati «Xabar.uz» so‘roviga javoban. — Yunusobod prokuraturasi tekshiruvi va DSENM xulosasi asosida «Green Burger» MChJga DSENM sanitariya qoidalari qo‘pol ravishda buzilganini ko‘rsatib, taqdimnoma kiritdi. Shu asosda tegishli tartibda Yunusobod kichik sanoat zonasi bilan mazkur MChJ o‘rtasidagi shartnoma bekor kilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring