Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi uch pog‘onali yo‘l o‘tkazgichi qachon foydalanishga topshirilishi ma’lum bo‘ldi

Toshkentdagi uch pog‘onali yo‘l o‘tkazgichi qachon foydalanishga topshirilishi ma’lum bo‘ldi

Toshkent shahrining Ohangaron va Parkent ko‘chalari kesishmasida shu kungacha xali qo‘llanilmagan 3 qavatli yo‘l o‘tkazgichni qurish jarayoni qizg‘in davom etmoqda. U 2019-yil so‘ngida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Bunyodkorlik ishlarining bosh rejasi «Boshtransloyiha» AJ mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, dastlab umumiy uzunligi 484, kengligi 26,7 metrni tashkil etuvchi tunnel quriladi. Mazkur inshootning balandligi jahon standartlariga mos ravishda 5,5 metr bo‘lib, har ikki yo‘nalishda 3 ta avtomobil yo‘lagi barpo etiladi.

Shuningdek, bu yerda loyiha doirasida yoritish tizimi, suv chiqarish ariqchalari quriladi. Ikkinchi bosqichda yer sathidan 1 metr balandlikda diametri 50 metrni tashkil etadigan doirasimon yo‘l o‘tkazgich qurish ishlari olib boriladi.

Eng asosiysi, ushbu hududda Maxtumquli va Sharqiy aeroport ko‘chalarini bog‘lovchi ulkan yo‘l o‘tkazgich tiklashnishi ham rejalashtirilgan. Mazkur inshoot Toshkent viloyatining Parkent, Yuqori Chirchiq, Bo‘stonliq tumanlari tomon harakatlanuvchi avtomobillar boshqaruvchilari uchun qator qulayliklar yaratadi.

Xususan, mazkur hududlarga eltuvchi zamonaviy magistral bunyod etiladi. Natijada ushbu hududlargacha bo‘lgan masofa deyarli 20 km.ga qisqaradi. Yirik yo‘l o‘tkazgichning umumiy uzunligi 618, kengligi 30 metrni tashkil etadi va 6 ta avtomobil yo‘laklariga mo‘jallangan bo‘ladi.

Hozirda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJga qarashli «Ko‘prikqurilish» tresti unitar korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan tunnel qazish ishlari olib borilmoqda. Joriy yil oxiriga qadar loyihaga qiritilgan barcha inshootlarni to‘la qurib bitirish va foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring