Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentdagi xususiy bog‘chada yong‘in chiqdi

Toshkentdagi xususiy bog‘chada yong‘in chiqdi

Foto: «UzNews.uz»

Bugun, 27 noyabr kuni soat tahminan 12:26da Yakkasaroy tumani Shohjahon ko‘chasida joylashgan maktabgacha ta’lim muassasasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda «UzNews.uz» xabar bermoqda.

Yong‘in haqidagi ma’lumot navbatchi qismga soat 12:26da kelib tushgan. 4 daqiqadan so‘ng 4ta harbiy guruh hodisa joyiga yetib kelgan. Soat 12:41da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida 3 kv.m. joy yongan: devor va shift zararlangan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inga konditsionerdagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring