Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentdan 317 kilometr uzoqlikda zilzila sodir bo‘ldi

Toshkentdan 317 kilometr uzoqlikda zilzila sodir bo‘ldi

FVV Seysmografik monitoring respublika markazi xabar berishicha, bugun, 24-yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:10 da Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Koordinatalar — 39,14 daraja shimoliy kenglik, 71,70 daraja sharqiy uzunlik. Zilzila magnitudasi 5,5 ga teng bo‘lib, 10 km. chuqurlikda joylashgan.

Zilzila epitsentri Toshkentdan 317 km. uzoqlikda joylashgan.

Yer silkinishlari O‘zbekiston hududlarida ham sezilgan:

  • Toshkent: 317 km; 2-3 ball
  • Namangan: 207 km;3 ball
  • Andijon: 191 km; 3 ball
  • Farg‘ona: 139 km; 4 ball
  • Guliston: 291 km; 3 ball
  • Jizzax: 348 km; 2 ball
  • Samarqand: 411 km; 2 ball
  • Termiz: 441 km; 2 ball
  • Qarshi: 512 km;2 ball
  • Navoiy: 551 km; 2 ball
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring